Meni Alli deb chaqirmang

Aslanov Jasurbek
13 avg 2016, 13:45
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli futbolkasidagi yozuvni o'zgartirishga qaror qildi.

Oldinroq futbolchining formasiga "Alli" so'zi yozilar edi. Ammo yarim himoyachi futbolkasidagi yozuv "Dele" bo'lishini istaydi.


"Men futbolkamda shunday nom bo'lishi istayman. "Alli" familiyasiga aloqam yo'q" - deydi "Tottenxem" o'yinchisi.

"Bu qarorni yaqinlarim bilan muhokama qildim".

Yarim himoyachi bu borada boshqa hech narsa demadi, ammo oldinroq britan OAV futbolchi va uning otasi o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emasligini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DailyMail