Mendesh: "Manchester Yunayted" Ronaldu uchun ideal klub ekaniga amin edim"
30 mar 2020 14:17
Yangiliklar
Mendesh: "Manchester Yunayted" Ronaldu uchun ideal klub ekaniga amin edim"
Futbol agenti Jorje Mendesh Ronalduning "Sporting"dan MYUga o'tgan paytlari haqida gapirdi.
"Men har doim aytganman, murabbiy - har qanday bitimda muhim ahamiyat kasb etadi. Ronalduni hamma klublar xarid qilmoqchi bo'lishdi. Ammo ular shundan so'ng "Sporting"ga uni yana ijaraga berib yuborishni ko'zlayotgan edilar.
Uni birdan o'z tarkibiga qo'shib olishni xohlagan yagona odam Aleks Fergyuson edi. O'shanda men "Manchester Yunayted"ga o'tish yaxshi echim ekanligini anglagan edim.
"Manchester Yunayted" Krishtianu uchun ideal klub deb o'yladim", - deydi Mendesh.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2003-2009 yillar davomida "Manchester Yunayted"da o'ynagan.
Fikrlar