Mendes: "Neymardan kechirim so'rayman"
14 dek 2020 20:00
Yangiliklar


Mendes: "Neymardan kechirim so'rayman"
"Lion" Franciya chempionatining 14-turida "Pari Sen-Jermen"ni mag'lub qildi (0:1).
O'yinga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda parijliklar etakchisi Neymar jiddiy jarohatga yo'liqdi. Unga nisbatan qo'pol o'ynagan "Lion" yarim himoyachisi Tyago Mendes 28 yoshli forvarddan uzr so'radi.
"Neymardan uzr so'ramoqchiman. Umid qilamanki, uning ahvoli yaxshi. Men unga zarar etkazishni o'ylamagan edim. Barchamiz Neymarni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida bilamiz. Men ham barcha braziliyaliklar singari uning o'yiniga qoyil qolaman. Neymar imkon qadar tezroq tuzalib, muxlislarni xursand qilishda davom etsin. Yana bir bor chin dildan uzr so'rayman", - dedi Mendes.
Eslatib o'tamiz, Neymar o'sha epizoddan keyin maydonni zambilda tark etdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar