So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

"Men uchun istefoga chiqish muammo emas". "Temir Lola" faoliyatini yakunladi Yangiliklar

"Men uchun istefoga chiqish muammo emas". "Temir Lola" faoliyatini yakunladi

Teglar :  Lui van Gal
"Ayaks", "Barselona", "Manchester Yunayted", "Bavariya" va Gollandiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiy, "temir lola" laqabi bilan mashhur bo'lgan Lui van Gal kecha murabbiylik faoliyatini yakunlagani haqida elon qildi.

SHu munosabat bilan mutaxassisning murabbiylik faoliyatiga nazar tashlashga qaror qildik.

Gollandiyaning "Ayaks" klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Lui van Gal futbolchilik faoliyatini 1987 yil "AZ" safida tugatadi. Bir yil avval murabbiylik kurslarini yakunlagan gollandiyalik 1986-1988 yillarda "AZ" bosh murabbiy yordamchisi sifatida ish boshlaydi.



1988 yilda van Gal "Ayaks"ga bosh murabbiy yordamchisi sifatida qaytadi. O'sha paytda jamoani Leo Benxakker boshqarar edi. 1991 yil Lui van Gal "Ayaks" bosh murabbiyi sifatida debyut mavsum o'tkazadi. "Ayaks" yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk mavsumdayoq yirik muvaffaqiyatga erishadi. Gollandiya klubi UEFA Kubogi (Evropa ligasi) g'olibiga aylanadi.


Bir yil o'tib ular 1987 yildan beri qo'lga kirita olmayotgan Gollandiya Kubogiga ham erishishadi. 1995 yilda "Ayaks" Lui van Gal qo'l ostida CHempionlar ligasi finalida "Milan"ni mag'lub etadi.


1997 yilda jamoa hech qanday sovrin qo'lga kirita olmagach, murabbiy jamoani tark etadi.


Lui van Gal 1997 yildan boshlab "Barselona" ustoziga aylanadi. Uning yangi jamoadagi ilk sovrini UEFA Superkubogi bo'ladi. Evropa ligasida zafar quchgan Kataloniya klubi CHempionlar ligasi g'olibi Dortmundning "Borussiya"sini taslim etishadi.


Milliy chempionatda juda omadli bo'lgan "Barselona" ketma-ket ikki mavsum CHempionlar ligasining guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunlaydi. U doimo OAV tomonidan tanqid qilinardi. O'sha paytda murabbiy omadsizliklarga quyidagicha tarif bergan: "Men "Barselona"ga o'z uslubimni singdira olmayapman".


Bunga sabab, van Gal qo'l ostidagi bazi futbolchilar unga bo'y sunishni istashmasdi. Masalan, gollandiyalik Rivaldoni hujumning chap qanotida ko'rishni istardi, ammo braziliyalik markazda o'ynashni xohlagan. 2000 yilda milliy chempionatda "Deportivo" g'olib bo'lganidan so'ng, van Gal mashhur so'zlarni aytib jamoani tark etadi: "Matbuotdagi do'stlarim. Men ketyapman. Tabriklayman".

2000 yilda Lui van Gal Frank Raykardning o'rnini egallab, Gollandiya terma jamoasi ustozi vazifasiga tayinlanadi. Mutaxassis jamoani 2002 yildagi jahon chempionatiga olib chiqishni uddalay olmaydi. Ular xatto saralash bahslariga ham etib borishmaydi.


Lui van Gal 2005 yilda AZ ustozi sifatida murabbiylik faoliyatini qayta boshlaydi. Jamoa 2009 yilda Gollandiya chempioniga aylanadi.


AZdagi muvaffaqiyatdan so'ng van Gal yana yirik klubda ishlashni xohlab qoladi va 2009 yilda "Bavariya"ga o'tadi. Myunxen klubining ayni damdagi yulduzlarini jamoaga van Gal jalb qilgan. Xolger Badshtuber, Tomas Myuller, Diego Kontento, David Alaba va Aren Robben kabi futbolchilar gollandiyalik murabbiy tufayli hozirgi mavqeiga erishdi deyish mumkin. Lui van Galning "Bavariya"dagi ilk mavsumi juda omadli kechadi.


Myunxen klubi Germaniyada oltin dublga erishib, CHempionlar ligasi finalida "Inter"ga mag'lub bo'ladi. Ammo keyingi mavsumda myunxenliklar Germaniya Kubogi va CHempionlar ligasini ilk bosqichlardanoq tark etishadi.


2011 yilning aprelida mutaxassis yana ishsiz qoladi. 2012 yilning iyulida murabbbiy faoliyatida ikkinchi marotaba Gollandiya term jamoasini boshqaradi. "Olovranglilar" JCH-2014 saralashidagi 10 ta uchrashuvdan 9 tasida g'alabaga erishadi. Mundialda ular Evropa va jahon chempioni Ispaniyani taslim etib, sensaciya qayd etadi. Jamoa Braziliyadagi mundialda bronza medallariga ega bo'ladi.


2014 yil van Gal "Manchester Yunayted" ustozi sifatida tanishtiriladi.


AQSHda o'tgan yig'inda barcha uchrashuvlarda g'alaba qozongan MYU APLda bu muvaffaqiyatni takrorlay olmaydi. "Qizil iblislar" o'z maydonidagi ilk rasmiy uchrashuvda "Suonsi Siti"ga yutqazib qo'yadi, keyinroq esa liga autsayderi "Lester Siti"dan yirik hisobdagi mag'lubiyat qabul qilinadi. O'sha mavsumda OAV tomonidan ko'p tanqid bo'ladi va mutaxassis ularga quyidagicha javob qaytaradi: "Men uchun istefoga chiqish muammo emas".


Ammo qishki transferlar oynasida o'ziga kelib olgan "qizil iblislar" mavsum oxirida CHempionlar ligasida joyni naqd qiladi.

Transferlarga katta pul sarflagan van Gal 2015 yilda yana omadsizlik "botqog'iga botadi". CHempionlar ligasi guruh bosqichida uchinchi o'rinni egallagan MYU Evropa ligasida ham uzoqqa bora olmaydi.


Angliya Kubogi sohibiga aylangan "qizil iblislar" mavsum oxirida CHempionlar ligasiga chiqishi uchun bor-yo'g'i 1 ochko etishmaydi. 2016 yilning 23 mayida Lui van Gal "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan haydaladi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика