So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  0 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

"Men MYU sardoriman - jurnalistlarga ko'rishlar soni yoqadi". Xarri Maguayr yana "qovun tushirdi" - endi terma jamoada Yangiliklar

"Men MYU sardoriman - jurnalistlarga ko'rishlar soni yoqadi". Xarri Maguayr yana "qovun tushirdi" - endi terma jamoada

Angliya terma jamoasi Germaniyaga qarshi qiziqarli o'yin o'tkazdi.

O'yin tugashiga 20 daqiqa qolganda 0:2 hisobida yutqazishayotgandi — ammo, 13 daqiqadan so'ng 3:2 hisobida oldinga chiqib olishdi. Ammo, g'alaba qozonishning baribir uddasidan chiqilmadi. Inglizlar 3 ochko jamg'arishdi va musobaqada biror marta g'alaba qozonishmadi.


Germaniya bilan o'yinning bosh qahramonlari (anti) darvozabon Nik Poup va himoyachi Xarri Maguayr. MYU sardori raqibning ikki golida  to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etdi.



Maguayr ikkinchi taym boshida o'z jarima maydonchasi atrofida noaniq pasni amalga oshirdi — to'pni yosh Jamal Musiala egallab oldi. U esa jarima maydonchasigacha bor va to'pni angliyalikni oyoqlari orasidan o'tkazdi — raqib esa uni kuch ishlatib to'xtatib qoldi. Gyundogan penaltidan hisobni ochdi, The Guardian Xarrini zinada tiqilib qolgan shkafga o'xshatdi.


Ammo, bu bilan barchasi tugagani yo'q. Xarri 65-daqiqada raqib jarima maydonchasi ichida to'pni olib qo'ydi, ammo tezkorlik bilan yo'qotdi ham — nemislar tezda to'pni Kay Xavercga oshirishdi, u esa hisobni yanada oshirdi.




Angliyalik yana shokda.


Xarri xeytlarga etibor bermaslikka harakat qiladi


Maguayr doim tanqidlar ostida. Xarrini so'nggi bir necha mavsumdan beri tanqid qilishadi — MYU u uchun "Lester"ga juda katta pul to'lagan (80 mln evro). Angliyalik Ten Xag qo'l ostida umuman zaxiraga mixlanib qoldi. "Inson sifatida doimo turli xil variantlarni ko'rib chiqasan. Murabbiy sifatida esa aniq qarorlar qabul qilishing kerak", — dedi vaziyat haqida Erik.


MYU tarkibida sardorsiz APLda ketmaket uchta g'alaba qayd etdi — endi Xarrining har bir asosiy tarkibda maydonga tushishi voqelikdek qaralmoqda. "Xarri har kuni mashg'ulotlarga yuz foiz o'zini beradi. U bunga asosiy tarkibda tushish yoki tushmasligidan qatiy nazar jiddiy etibor qaratadi", — deb qo'llab-quvvatladi uni jamoadoshi Brendon Uilyams. — Bizni tashqi dunyo qiziqtirmaydi, ahamiyati bor yagona narsa — ushbu klubning ichidagi fikrlar. Agar sen yaxshi mashg'ulot qilsang, unda sening asosiyda tushmasligingni aytadigan tvitterdagi bir kichkina ahmoq kim bo'libdi? Kim u? Men bu narsani umuman tushunmayman".


Terma jamoa murabbiyi Garet Sautgeyt ham to'liq Xarri tomonida: "Mavqeim qanday bo'lishidan qatiy nazar — u bilan tavakkal qilishga tayyorman. O'zingizning fikringizda doimo turishingiz kerak, u biz uchun muhim. Xarri — yuqoridagi yakka kurashlardagi eng yaxshi himoyachimiz".



Maguayrning o'zi esa xeytlarga umuman etibor bermaydi:


"Formam haqida nima deyishlarini bilmayman. Bunday narsalarni o'qimayman. Angliya terma jamoasida uchta yaxshi o'yin va yozda yaxshi mavsum oldi tayyorgarligini o'tkazdim. O'zimni esa juda yaxshi his qildim.


Murabbiy meni zaxiraga o'tkazishga qaror qildi va jamoa shundan beri g'alaba qozonmoqda. Mashg'ulotlarda astoydil ishlayapman va imkoniyatim kelishini kutyapman. Bu jamoaga yordam berishga harakat qilishim mumkin bo'lgan barchasi. Boshqa odamlar gapirayotgan narsalarga parvo qilmayman. Agar men haqimda qandaydir maqola yozishsa, bu shov-shuvli xabar bo'ladi, sababi men "Yunayted" sardoriman — ularga ko'rishlar soni va shunga o'xshagan narsalar yoqadi.


Ammo, men jarohat sabab ikki oyni o'tkazib yuborganim va bitta o'yin o'tkazganimdan so'ng terma jamoa safida Evro-2020ga yo'l oldim".



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика