So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  3 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Men Dinamodan o'zim ketganim yo'q, ular yangi shartnoma taklif qilishmadi - Obid Jo'raboev Yangiliklar

Men Dinamodan o'zim ketganim yo'q, ular yangi shartnoma taklif qilishmadi - Obid Jo'raboev

16 yanvar kuni Toshkentda Neftchi hamda Buxoro jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Mazkur o'yinda farg'onaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan so'ng qishki transferlar vaqtida «Dinamo»dan «Buxoro» jamoasiga qo'shilgan Obid Jo'raboev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— O'yin haqida fikringiz...

— Bugungi o'yinda jamoa bilan qishki tayyorgarlik olib borilmoqda. Jamoaga kelganimdan keyin ko'p yigitlar ko'rikdan o'tdi. «Neftchi» jamoasi ham Superligaga chiqdi, ular yaxshi transferlarni amalga oshirishmoqda. Bu bizning qishki yig'indagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvimiz hisoblanadi. Lekin hozircha yomon emas. Qishki yig'indan maqsad yoshlarni ko'rikdan o'tkazish. Bugun yaxshi o'yin bo'ldi, «Neftchi» jamoasi ham yaxshi tarkibni shakllantiribdi. Qishda barcha jamoa bir xil holatda bo'ladi. Mavsum davomida ko'raveramiz barchasini.

— «Dinamo»dan ketishingiz sababi nimada?

— To'g'risini aytsam, biz «Dinamo»dan o'zimiz ketganimiz yo'q. Ular bilan shartnomamiz tugagan edi, lekin biz kutgandik jamoada qolishni. Bizning Superligada o'ynash maqsadimiz bor edi. Lekin klub rahbarlari, direktori, homiylarimizning tutgan yo'li bizni og'rintirdi. Bizga nisbatan behurmatlik qilishdi. Taklif bo'lishini oxirgacha kutdik. Superligaga chiqishimiz 3 ta tur oldin malum bo'lgandi. Hali mavsum tugamasdanoq murabbiyning o'ziga yangi murabbiy topishganini aytishdi. SHu narsa ham ancha tasir qildi. Yangi yildan keyin ham kutdik, lekin telefon bo'lmadi. Bizga «variantlar bo'lsa qidiraveringlar», deyishdi. Hozir «Dinamo»da 2-3 nafar bola qoldi. Biz 3 yanvarda «Buxoro»ga kelib qo'shildik. Biz «Dinamo»dan kutmagandik, «o'ynaymiz, 8-10 nafar bola qoladi», deb o'ylagandik.

— Keyingi yil «Buxoro»ni Superligada ko'ramizmi?

— Maqsadimiz jamoani Superligaga olib chiqish. Yaxshi niyatlar bilan keldik, nasib qilsa olib chiqamiz.

Jahongir Fayzullaev yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика