So’nggi yangiliklar

22:10Ла Лига. "Реал"дан йирик ғалаба. Эндрик мадридликлар сафида дебют голини урди  9 22:07Суперлига. "Насаф" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, таъқибчилар билан фарқни янада оширди  63 21:50МЮ Скотт Мактоминейни "Наполи"га сотишга рози бўлди. Трансфер нархи маълум  0 21:33Суперлига. "Локомотив" – "Қизилқум" 4:2. Highlights  2 20:47Бундеслига. "Бавария" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  5 20:20Лига 1. Ҳусанов захирадан майдонга тушган ўйинда "Ланс" ғалаба қозонди. Клуб 100% лик натижа қайд этмоқда  1 20:16АПЛ. "Челси" "Вулверхэмптон"га қарши ўйинда янги мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  9 20:07АПЛ. "Ливерпуль" – "Брентфорд". Таркиблар аниқ!  2 19:55Суперлига. 10 дақиқа ичида 4 та гол ўтказиб юборган "Қизилқум" сафарда "Локомотив"га ютқазди  36 19:20Қозоғистон. "Ордабаси" – "Актобе": ўзбекистонлик икки футболчи ҳам бошланғич таркибда  1 18:47"Ал Насср"да барчаси жойида. Роналду жамоаси бир йўлла икки нафар юлдуз билан шартнома тузмоқчи  12 18:11АПЛ. "Челси" "Вулверхэмптон" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 17:14"Локомотив" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:58"Комо" тўхтамаяпти: клуб "Манчестер Сити" футболчисини ўз сафига қўшиб олди  2 16:31"Ювентус" хавбекини ижарага бериб юборди  0

Men afsuslangan tun... Manchester Parijni zabt etganda Yangiliklar

Men afsuslangan tun... Manchester Parijni zabt etganda

Sarlavhaga qarab, yomon hayolga bormang.

"Manchester Yunayted" muxlisiman. Ammo ikkinchi bo'limning 70-daqiqasidan keyin futbol meni tomosha qildi. Saytda matnli translyaciya qilayotgandim, o'yin ko'rayotgandim, telefonda gaplashayotgandim. Miyam bir vaqtning o'zida uch xil vazifani bajarib turgan vaqtda ham uyquga ketdi. "Manchester Yunayted"ning barcha o'yinlarini tomosha qilaman, xoh u soat tungi 3 bo'lsin, xoh kechki 5. Matnli translyaciya "huquqini" bir amallab Tolibjon Qosimovdan oldim, ammo buni oxirigacha etkazib qo'ya olmadim. Yaxshiki, saytimizning ahil jamoasi har doim bir-birining o'rnini to'ldirib turadi. Bu juda quvonarli. Umuman olganda bu ishga kelganlarning yuragi ikkita bo'lishi kerak ekan. Biri o'yin davomida sevimli jamoangni qo'llab-quvvatlaydi, ikkinchisi esa o'yinni neytral muxlis sifatida kuzatishga kerak bo'ladi.

Biroq bahsning so'nggi, eng qiziq 20 daqiqasini ko'ra olmaganimdan afsuslandim. SHu boisdan sarlavhaga shunday nom berdim. SHunday g'alabalar bo'ladiki, o'sha kunning o'zida unutiladi. Lekin kecha tunda bo'lgan kambek necha yillar yodda bo'lishi aniq. "Manchester Yunayted" muxlislarining katta qismi g'alabaga ishongandi. SHu jumladan men ham.

Bu o'yindan oldin kecha bergan taxminim edi. Nima uchun bunday bo'lishiga ishondim? Sulsher ishonchni oqlab bo'lgandi. Mourino davrida ko'chada MYU muxlisiman desam odamlar "shu ham jamoami?" deb kinoya qilib qo'yishardi. SHunday davrlar keldiki, endi muxlislar "Yunayted"ning o'yinlarini xavotir bilan kuzatmaydi: "yutamizmi, yutqazamizmi?" emas: "nechta gol urib yutamiz?".

Sulsher ham Mourino ishlagan tarkib bilan ishlamoqda. O'sha yigitlar... U qishda birorta futbolchini transfer qilmadi. Qo'l ostidagi futbolchilariga ishondi. Albatta, MYU futbolchilari individuallik borasida birorta jamoadan qolishmaydi. Ularning boshini qovushtiradigan bir mo'jiza kerak edi. Va u ham keldi.

Lukaku ikkita, Reshford esa g'alaba golini urgan bo'lsa ham, men uchun o'yinning eng yaxshi futbolchisi Fred bo'ldi. Braziliyalik futbolchi Manchesterga kelganidan buyon o'zini bunchalik ko'rsata olmagandi. Unga ko'p ham imkoniyat berishmayotgandi. O'yinda Fredga qarab "niqobni ech Pogba" deb yubordim. 17-raqamli xavbek har jabhada faol bo'ldi va o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi. U ilk daqiqadanoq Di Mariyaga qarshi ishlatgan qo'polligidan keyin o'yinga qanday kayfiyat bilan tushganini ko'rsata oldi. SHuningdek, Pereyra yangi poziciyada o'zini yomon his qilmadi. Lukaku ajoyib tarzda ochilib ketdi. Bayi esa... Aslida "Yunayted" o'tkazib yuborgan golda Bayining ikkita aybi bo'ldi: suniy o'yindan tashqari holatni yuzaga keltirishda kechikdi, Bernatni yopmadi. Oqibatda "Yunayted"ning vazifasi qiyinlashdi.

MYU himoyasi yaxshi o'ynadi. "Yunayted" o'yin davomida kam sonli hujumlar yaratdi. Birinchi bo'limdagi o'yinni ko'rib, biroz g'ashim keldi. Ammo o'ylab qarasam, bu "Yunayted" yangicha o'yin uslubiga aylandi. Jamoa grandlarni shu tarzda mag'lub etishni uddalamoqda. Metin mudofaa va unga ko'maklashuvchi ajoyib yarim himoya.

MakTomineyni Matichga tenglashtirsak bo'ladi. Pereyra ham Mataning vazifasini ajoyib tarzda uddaladi. Aslini olganda "Yunayted"da yo'qotishlar ko'p edi. PSJda esa atigi Neymar. Bu PSJga ustunlik berishi kerak edi. Amalda bunday bo'lmadi.

Aslida futbol - shaxmat. Sen shunday yurishni qilsang, uchinchi tarkib bilan ham istalgan jamoani yutib qo'yishing, piyodalar kompleksi bilan shoxni mot qilishing mumkin. Sulsher buni isbotladi. O'yin davomida bir jihat etiborimni tortdi: MYUning himoya va yarim himoyasi bir-biriga shunday mutanosib o'ynadiki, PSJning kuchli futbolchilari buni yorib o'ta olmadilar. Hatto "Park de Prens"ning to'sin va ustunlari ham "Yunayted" uchun ishladi. Tun PSJniki bo'lmadi. Tuxel o'zining jangovor o'yinchilari bilan MYUning ikkinchi tarkibini yuta olmadi.

Barchasi "Old Trafford"da yakunlandi, deb o'ylagandi ko'pchilik. Mehmonda 2:0 hisobida zafar quchilganidan keyin PSJ raqibini mensimadi va hayolotda 1/4 finalga chiqib bo'lgandi. Bukmekerlik tashkilotlari esa MYUni chiqitga chiqarib qo'yishgandi. Huddi "Ayaks" kabi.

Futbolda ruhiy tayyorgarlik ham jismoniysi kabi muhimligini barcha yaxshi biladi. Va bu narsa bugun o'z isbotini topib kelmoqda. Balki PSJ fonida "Manchester Yunayted" kuchli jamoa bo'lib ko'rinmagandir. Ammo ayta olamizki, aqllilik borasida mankunianliklar o'z raqiblaridan ko'ra yaxshiroq bo'lib chiqishdi. Ular hujumga ko'p ham etibor bermasdan, himoyada payt poylashdi va shu orqali kuchni tejashdi. Oqibatda so'nggi daqiqalarda buning o'z mevasi totildi. Penalti, gol, 1/4 final. "Yunayted" hech kim tanimaydigan 44 va 54-raqamli liboslarda harakat qilayotgan yangi asr bolalari bilan PSJ maydonida kambek qilib ketdi.

Futbolni shuning uchun ham sevaman!

Mirjalol Normatov

Muallif : Mirjalol Normatov
Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика