Memfis Depay: “Biz xafamiz”
25 mar 2019 09:00
Yangiliklar


Memfis Depay: “Biz xafamiz”
Niderlandiya terma jamoasi etakchisi Germaniyadan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Albatta, biz xafamiz. Axir ikkinchi bo'limdagi kuchli o'yinimiz bilan ham mag'lub bo'ldik. Tanaffusdan so'ng juda yaxshi o'ynadik, hisobni ham tenglashtirdi, yana gol urishimiz mumkin edi, biroq o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda to'p bilan ko'proq muomalada bo'ldim, negaki maydonda ko'proq bo'sh hududlar paydo bo'lgandi. Umuman olganda esa mag'lubiyatga qaramasdan ushbu hafta Germaniya bilan o'yindagi kambek hisobga olinsa yaxshi o'tdi”,—deydi Memfis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar