Mellberg: "Real"ga qarshi bexato o'ynash kerak bo'ladi"
02 okt 2013 16:42
Yangiliklar


Mellberg: "Real"ga qarshi bexato o'ynash kerak bo'ladi"
"Kopengagen" himoyachisi Olof Mellbberg CHempionlar Ligasi guruh bochqichi doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin juda qiyin kechishiini yaxshi tushunib turganini takidlamoqda, deb yozyapti ispan nashrlari.
"Albatta, "Yuventus" bilan o'yindan keyin bizda bu o'yinda ham ijobiy o'yinga umid qilishga imkon beradi. Biroq yaxshi tushunib turibmizki, bu butunlay boshqa o'yin. "Real" o'zini eng yaxshi hislatlarini ko'rsatishga intiladi. Ular bizga "Yuventus"dan ko'ra ko'proq bosim o'tkazadi. Ayniqsa, ular Madrid derbisida mag'lub bo'lganini hisobga olsak... Biz ham o'zimiz uchun ijobiy bo'lgan natijani qo'lga kiritishga intilamiz. Buning uchun esa bexato o'ynash kerak bo'ladi", dedi Mellberg.

Fikrlar