So’nggi yangiliklar

13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  5 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  6 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  2 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  7 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  3 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  10 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  11 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  13

JCH-2018. Meksika SHveciyaga yirik hisobda yutqazdi Yangiliklar

JCH-2018. Meksika SHveciyaga yirik hisobda yutqazdi

Teglar :  JCH-2018
Meksika hamda SHveciya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi yakunlandi.

Meksika - SHveciya 0:3

Gol: Augustinson 50, Grankvist 62 (pen.), Alvares 74 (avtogol).

Meksika: 13.Gilermo Ochoa, 3.Karlos Salsedo, 15.Ektor Moreno, 16.Ektor Errera, 21.Edson Alvares, 7.Migel Layyun (Peralta 89), 18.Andres Guardado (Korona 75), 23.Xesus Galyardo (Fabian 65), 11.Karlos Vela, 14.CHicharito, 22.Irving Losano.

SHveciya: 1.Robin Olsen, 2.Mikael Lyustig, 3.Viktor Lindelyof, 4.Andreas Grankvist, 6.Lyudvig Augustinsson, 7.Sebastian Larsson (Svensson 57), 8.Albin Ekdal (Xilemark 80), 10.Emil Forsberg, 17.Vitor Klaesson, 9.Marus Berg (Telin 67), 20.Ola Toyvonen.

Ogohlantirishlar: Galyardo 1, Moren 60, Layyun 86 - Larsson 26, Lyustig 88.

GOLLARNI KO'CHIRIB OLISH: TELEGRAM

Mexico

World Cup Grp. F . 3-tur

27/06/2018, 19:00

3
:
0
Tugadi

Sweden

Ludwig Augustinsson - 50', Andreas Granqvist - 62', Edson Alvarez - 74'

Stadion: Ekaterinburg Arena, 33061 tomoshabin

Bosh hakam: Nestor Pitana

45'
90'
1'  Jesus Gallardo
61'  Hector Moreno
65'  Jesus Gallardo (Marco Fabian)
75'  Andres Guardado (Jesus Corona)
86'  Miguel Layun
89'  Miguel Layun (Oribe Peralta)
26'  Sebastian Larsson
50'  Ludwig Augustinsson
50'  Viktor Claesson
57'  Sebastian Larsson (Gustav Svensson)
62'  Andreas Granqvist
68'  Marcus Berg (Isaac Kiese Thelin)
74'  Edson Alvarez
80'  Albin Ekdal (Oscar Hiljemark)
88'  Mikael Lustig


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! Meksika va SHveciya terma jamoalari keyingi bosqichga chiqdi! 

90+4. Narigi o'yinda hisob ochildi. VAR tizimi orqali hakam koreyaliklar gol urganini tasdiqladi. Qoyil!

90+2. Meksikaliklar hujum uyushtirish uchun raqib himoyasidagi tirqishlarni izlamoqda. Ammo bugun shvedlar ishonchli harakat qilishyapti.

90+1. Bahs asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Muxlis va muxlisalar parallel uchrashudagi hisobni kuzatishmoqda. Sensaciya bo'ladimi?

89. O'zgarish. Layyun o'rniga Peralta maydonga tushdi.

88.Mikael Lyustig o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzdi. Sariq kartochka.

86. Migel Layyunga sariq kartochka ko'rsatildi. U to'p uchun kurashda Ola Toyvonen boshiga zarba berdi.

81.Meksika terma jamoasi raqib jarima maydonchasi oldida standart ishlab oldi. Velaning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Hujumning ikkinchi to'lqinida CHicharito to'pni darvozabonning uzoq burchagiga tepdi, Vela noaniq ketayotgan zarbani to'g'irlashga urindi, ammo muvaffaqiyatsiz.

80. O'zgarish. Ekdal o'rniga Xilemark o'yinga qo'shildi.

75. O'zgarish. Guardado o'rniga Xesus Manuel Korona maydonga tushdi.

74. YANA GOOOOLLLL!!! Bu safar meksikaliklar gol urdi, ammo o'z darvozasiga. Edson Alvares to'pni tepib yuborishga intildi, ammo uning beso'naqay harakatlari tufayli to'p Meksika darvozasiga burildi.

70. SHveciya terma jamoasi jarima maydonchasining o'ng tomonida meksikaliklar standart ishlab olishdi. Fabianning uzatmasi CHicharito zarbasi bilan yakunlandi. Ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

67. O'zgarish. Kise Telin Markus Berg o'rnini egalladi.

65. O'zgarish. Galyardo o'rniga Marko Fabian maydonga tushdi.

62. GOOOOLLL!  GRANKVIST! Hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. SHvedlar keyingi bosqichga chiqishga yaqin turibdi!

60.PENALTI!!!! Ektor Moreno o'z jarima maydonchasi ichida Markus Bergni yiqitdi. Sariq kartochka. Moreno keyingi bahsni o'tkazib yuboradi.

59. Agar ikkala o'yin shu hisobda yakunlansa, shvedlar keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishadi, Germaniya esa uyiga qaytib ketadi.

57. SHveciya tarkibida o'zgarish. Larsson to'p uchun kurashdan boshidan jarohat oldi. O'rniga Gustav Svensson maydonga tushirildi.

GOLNI BU ERDA TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN: TELEGRAM

50. GOOOOOOLLLL! LYUDVIG  AUGUSTINSON! Jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni avvaliga Klaesson darvozaga burishga urindi, ammo muvaffaqiyatsiz zarba ajoyib pasga aylandi va to'p Augustinson tomonga o'tib ketdi. Lyudvig esa chap oyog'ida darvozaga zarba berdi va hisob ochildi.

49.Ushbu bahs bilan parallel o'tayotgan Janubiy Koreya - Germaniya uchrashuvida ham hisob ochilgani yo'q.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Davom etamiz.



TANAFFUS!

45+1. Meksikaliklar chiroyli hujum tashkil etishdi, to'p yana chap qanotdan markazga uzatildi, biroq himoyachi uzatmani bir amallab qaytarib yubordi.

45.Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41.Ajoyib uzatma! Galyardo chap qanotdan erlatib to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, biroq uni darvozaga burib yuboradigan futbolchi topilmadi.

39. Karlos Vela o'z jamoasining kombinacion hujumini zarba bilan yakunlandi, ammo to'p darvozaning ustidan o'tib ketdi.

31. OCHOAAAAA! Markus Berg qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga burdi, Gilermo Ochoa esa yaqin masofadan yo'llangan zarbani maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Qoyil!

30. YO'Q! Hakam penalti yo'qligini malum qildi, o'yin davom etadi.

29. CHicharito o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Bosh hakam VAR tizimi tomon oshiqmoqda. Penalti belgilanishi ehtimoli katta.

26. Sariq kartochka. Larsson Losano bilan to'p uchun kurashda oyog'ini xavfli ko'tardi. Agar SHveciya keyingi bosqichga chiqsa Sebastian Larsson o'z jamoasining bitta uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

17. VEEELLAA! SHveciyaliklar o'z jarima maydonchasi oldida to'pni oldirib qo'yishdi. Meksikaliklar mayda paslar orqali to'pni Velaga uzatishdi. Karlos esa chap oyog'i bilan raqib darvozasining uzoq burchagiga zarba berdi, to'p darvozaning yaqinidan o'tib ketdi.

12. BEEERGGG! Burchakdan uzatilgan to'pni Grankvist bosh bilan darvozaga burishga urindi, biroq to'p tezligi katta bo'lmadi. Markus Berg esa ushbu to'pga qachi uslubida zarba berdi va to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi. Xavfli vaziyatlar borasida evropaliklar ustunlik qilishmoqda.

5.ZARBAAAA! Forsberg jarima zarbasidan gol urishga harakat qildi. Ochoa darvoza to'sini ostiga kirayotgan to'pni chiziq ustida urib yubordi va xavf bartaraf etildi.

4. Gilermo Ochoa hakam fikricha to'pni jarima maydonchasi tashqarisida ushlab oldi. SHvedlarda standart vaziyat...

2. SHvedlar ilk daqiqalardan xavfli hujum uyushtirishga muvaffaq bo'lishdi. Meksikaliklar o'z jarima maydonchasi ichidagi to'pni bir amallab uzoqlashtirishdi.

1.Uchrashuv boshlandi va sariq kartochka. Galyardo o'yinga start berilishi bilan ikkinchi qavatda to'p uchun kurashda Ola Toyvonenga nisbatan qoida buzdi va ogohlantirildi.

- Ayni damda guruh jadvalidagi holat shuday

1.Meksika - 6 ochko

2.Germaniya - 3 ochko

3.SHveciya - 3 ochko

4.Janubiy Koreya - 0 ochko

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bir echa soniyalardan so'ng Meksika hamda SHveciya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuviga start beriladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика