Meksikada Evropa ligasi sovrinini o'g'irlab ketishdi
21 apr 2018 11:01
Yangiliklar
Meksikada Evropa ligasi sovrinini o'g'irlab ketishdi
Evropa ligasi g'olib jamoasiga topshiriladigan kubokni Meksikaning Leon-de-los-Aldama shahrida o'g'irlab ketishdi.
Malumotlarga ko'ra, 15 kilogramli kubok 18 aprel kuni, Evropa ligasi hamkor kompaniyasi uyushtirgan ko'rgazma tadbiriga olib ketilayotgan paytda o'g'irlandi. Mahalliy huquq-tartibot organlari ikki kundan so'ng sovrinni topishga muvaffaq bo'lishdi va uni tashkilotchilarga qaytarishdi. Hozircha kubok qaerdan topilgani va kimlar hibsga olingani malum emas.
Sovrin original yoki ko'chirma ekanligi ham aniq emas. 2009/10 mavsumda kuchga kirgan qoidalarga ko'ra, sovrin bir umr UEFAda saqlanadi, g'oliblarga esa ko'chirma topshiriladi.
Joriy mavsum Evropa ligasi final bahsi 16 may kuni "Stad de Lyumer" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar