Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Tojikistondagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi
12 apr 2019 16:04
Yangiliklar


Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Tojikistondagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi
Jamshid Asadov boshchiligidagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi bu yil iyul oyida Polshada bo'lib o'tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi.
Mazkur musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan terma jamoa azolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Jumladan, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi shu yilning fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishdi.
Endilikda Jamshid Asadov shogirdlari Tojikistonda tashkil etilayotgan "Kelajak sendan boshlanadi!" xalqaro turniriga taklif etilishdi. Kecha terma jamoa azolari Tojikistonning Dushanbe shahriga yo'l olishdi.
Terma jamoa azolariga bo'lajak musobaqalarda omad tilab qolamiz!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar