Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida turnir o'tkazildi
05 jan 2016 18:32
Yangiliklar


Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida turnir o'tkazildi
Turnirda 4 jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi.
Birinchi yarim finalda SOS Bolalar shaharchasi va 30-sonli Mehribonlik uyi o'zaro o'ynadi. Unda 4:3 hisobida SOS Bolalar shaharchasi g'alaba qozondi.
Ikkinchi yarim finalda 23-sonli Mehribonlik uyi hamda A.P Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi o'zaro bellashdi. Ushbu bahsda 23-sonli Mehribonlik uyi 7:1 hisobida zafar quchdi.
Uchinchi o'rin uchun bo'lgan o'yinda A.P Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi 30-sonli Mehribonlik uyini mag'lub etdi.
Final bahsida 23-sonli Mehribonlik uyi SOS Bolalar shaharchasi ustidan 11-3 hisobida ustun kelib birinchi o'rinni egalladi.
Turnirda ishtirok etgan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining chiroyli o'yin namoyish etishganini alohida takidlash lozim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar