Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Jahon Kubogidan oldin so'nggi yig'inga kirishdi
19 may 2019 12:53
Yangiliklar


Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Jahon Kubogidan oldin so'nggi yig'inga kirishdi
O'zbekiston Respublikasi Halq talimi vazirligi va O'FA hamkorligida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi shu yilning iyul oyida Polshada bo'lib o'tadigan Jahon Kubogi bahslarida ishtirok etadi.
Bosh murabbiy Jamshid Asadov va katta murabbiy Aziz Qosimov boshchiligida terma jamoa 15 maydan Toshkent shahridagi 23-sonli Mehribonlik uyida (terma jamoa bazasi) Jahon Kubogidan oldin so'nggi yig'inni boshlashdi. O'quv mashg'ulot yig'ini 9 iyulga qadar davom etadi. 11 iyulda esa terma jamoa Polshaga yo'l oladi.
Ushbu yig'inga qatnashayotgan futbolchilarning kengaytirilgan ruyxati:
Darvozabonlar: Sergey Islamov, Leonid Lishevskiy
Himoyachilar: Jahongir Ochilov, Toir Ergashboev, Abduqaxxor SHonazarov, Daniil Saykov
Yarim himoyachilar: Edgar SHamshilov, Daniil SHaplov, Amir Nyuskov, Ruslan Karaxanyan
Hujumchilar: Salim Son, Timur Abibullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar