MDH kubogi endi o'tkazilmaydi

Aziz Tukhtamuradov
24 okt 2016, 21:12
Rossiya futbol ittifoqining birinchi vice-prezidenti Nikita Simonyan MDH kubogi endi tashkil qilinmasligini ma'lum qildi.


"Mustaqil davlatlar hamdo'stligi kubogi endi o'tkazilmaydi. Bu borada qaror qabul qilib bo'lingan. Turnirga bo'lgan qiziqish pasayib ketdi. MDH kubogidan yorqin xotiralar qoldi - u erga federatsiyalardan vakillar, FIFA va UEFA rahbarlari tashrif buyurardilar. Lekin, so'nggi yillarda ular ham kelmay qo'yishdi.

Endi Granatkin kubogiga e'tibor qaratiladi. U erga ko'proq jamoalarni taklif qilmoqchimiz", - deydi u.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ТАСС