So’nggi yangiliklar

03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  4 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  3 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  6 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  12 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  32 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  30 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  16

MDH Kubogi 2016. Qura tashlash marosimi Yangiliklar

MDH Kubogi 2016. Qura tashlash marosimi

Teglar :  FIFA16MDH Kubogi
Kecha Toshkentda bo'lib o'tadigan FIFA16 bo'yicha MDH Kubogi-2016ga qura tashlandi.

Ushbu tadbir tashkiliy jihatdan juda ajoyib o'tdi. Marosimda biz sevgan sharhlovchilar Mirzahakim To'xtamirzaev va Davron Fayzievlar boshlovchilik qilishdi.



Qura tashlash marosimiga o'zbek futbolining siz va biz bilgan juda mashhur insonlari, Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, Jafar Irismetov, Ravshan Ermatov, Hikmat Ergashev, Eldor Mustafoev va boshqalar tashrif buyurishdi. Mehmonlar orasida esa futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi o'yinchisi Dilshod Irsaliev ham bor edi.





Quradan avval AAEL chempionatining g'oliblari taqdirlandi.



Ravshan Ermatovga maxsus sovrin topshirildi











Quvonarlisi, Abdusapi Qayumov saytimizga alohida minnatdorchilik bildirib, rahbarimiz Nodirxo'ja Yuldashevga maxsus tashakkurnoma sovg'a qildi.



Marosimda Ukraina va Rossiyadan tashrif buyurgan FIFA ustalari ham ishtirok etdi: Yurish Soshinskiy, Robert Faxretdinov, Evgeniy Mostovik, Maksim Plaxov va boshqalar.

Tadbir davomida AAEL chempionatining ikki final uchrashuvi o'tkazildi. Birinchi finalda Ali Bebeto va Dilshod Bankir to'qnashuvi bo'lib o'tdi.


Bahs kurashlarga boy bo'ldi. Ali Bebeto uchrashuvning katta qismini bir kishi kam bo'lib o'tkazgan bo'lsada, raqibiga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi, ammo 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. O'yinni Mirzahakim To'xtamirzaev va Davron Fayzievlar sharhlab borishdi.





Navbatdagi hal qiluvchi o'yin O'zbekistonning ko'p karra chempioni Abdusapi Qayumov hamda Robert Faxretdinov o'rtasida bo'lib o'tdi.



Bu bahsni Mirzahakim To'xtamirzaev bilan birga Evgeniy Mostovik sharhlab bordi. Aytish joizki ukrainalik Evgeniy uchrashuvni juda ajoyib sharhladi va muxlislarning olqishiga sazovor bo'ldi.



Bahsga to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bo'lim 1:1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi bo'limda ham o'yinchilar bittadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Qo'shimcha bo'limlarga murojaat qilishga to'g'ri keldi. Abdusapi Qayumov o'z muxlislari qarshisida raqibini mag'lub etishga bor kuchini sarfladi va uchrashuv penaltilargacha etib bormadi. Abdusapi 4:3 hisobida amaldagi jahon chempioni ustidan g'alaba qozondi.



CHempionlar ligasi g'oliblarini taqdirlash marosimida Mirjalol Qosimov ishtirok etdi. Kubok esa turnir madhiyasi ostida sahnaga olib chiqildi.



Birinchi o'rinni qo'lga kiritgan SHerzod SHyurle ushbu sovrinni qizalog'iga bag'ishladi.



Comedy.uz rezidentlari ham o'z dasturi bilan mehmonlarni xursand qilishdi



Navbat qura tashlash marosimiga etib keldi. Qurada 32 ishtirokchi 4 savatchaga ajratildi va har bir guruhda 8 nafardan ishtirokchi bo'lishi elon qilindi. Guruhlarni aniqlashda Azamat Abduraimov, Nodirxo'ja Yuldashev, Robert Faxretdinov va Evgeniy Mostovik yordam berishdi.



Guruhlar quyidagicha ko'rinish oldi.



Marosim oxirida Server Sekka o'zbek va ingliz tilidagi qo'shiqlari bilan barchanining kayfiyatini ko'tardi.

Tashkilotchilik yuqori darajada bo'ldi. Ushbu xalqaro chempionat ilk bora O'zbekiston poytaxti Toshkentda o'tkazilyapti. Kelajakda bunday turnirlar ko'payishiga va ushbu sport turi ham rivojlanishiga tilakdoshmiz.

Ayni damda www.twitch.tv/dimchen orqali uchrashuvlar jonli efirda namoyish etilyapti. Uchrashuv natijalari, guruhdagi vaziyatlar, bularning barchasini saytimizda kuzatib borishingiz mumkin.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика