So’nggi yangiliklar

22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  4 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  3 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  5 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  2 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  8 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  2 19:10"Аҳмоқона тақвимни инобатга олсак, ишларимиз жуда яхши кетмоқда"  9 18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  2 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  26 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   3 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  9 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  8

Mbappe "Yuve"ga qarshi o'yinda qabul qilgan qarorlar Neymarning jahlini chiqardi Yangiliklar

Mbappe "Yuve"ga qarshi o'yinda qabul qilgan qarorlar Neymarning jahlini chiqardi

Kilian unga bo'sh darvoza qarshisida turganda to'pni uzatmadi. O'yindan keyin ular buni muhokama qilishdi.

Kilian Mbappe va Neymar "Yuventus" bilan o'yindan so'ng hujumda qanday harakat qilayotganliklari haqida gaplashishdi.

"L’Équipe" nashri xabariga ko'ra, Neymar Mbappening CHempionlar Ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan PSJ – "Yuventus" (2:1) o'yinida qabul qilgan qarorlari tufayli g'azablangan.

Braziliyalik futbolchi shunchalik norozi ediki, klubning matbuot anjumanida ishtirok etishni xohlaysizmi, degan savoliga hujumchi shunday dedi: "Ishonchingiz komilmi? Aniqmi? CHunki bugun jurnalistlar bilan gaplashsam, bu muammolar tug'diradi!"

Mbappe jarima maydonchasiga yorib kirib, o'tkir burchakdan darvozaga zarba yo'lladi, o'sha paytda Neymar uzoq ustunda yolg'iz turgandi. O'shanda Kilian o'zi zarba berdi va mo'ljalni aniq olmadi. Bu epizod braziliyalikning jahlini chiqardi.

"L’Équipe" xabariga ko'ra, Neymar va Mbappe o'yindan so'ng uchrashib, muayyan vaziyatlarda bir-birlariga pas berishmagani haqida gaplashishgan.

Avvalroq Mbappe PSJning penalti tepuvchi asosiy futbolchisi etib tayinlangani uchun futbolchilar o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani aytilgandi. Neymar bu bo'yicha Kristof Galte tanqid qilingan ikkita tvitga "layk" bosgan, biroq o'shanda masala hal qilingandi.

Malumot uchun, "Yuventus" bilan o'yinda dublga erishgan franciyalik futbolchi gollaridan birini Neymarning uzatmasidan so'ng urdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика