Mbappe yaqin kelajakdagi maqsadlarini oshkor qildi
31 may 2020 08:40
Yangiliklar


Mbappe yaqin kelajakdagi maqsadlarini oshkor qildi
PSJ forvardi Kilian Mbappe CHempionlar ligasini yutish orzusi haqida gapirdi.
“Mening ulkan orzularimdan biri Evropa chempionlari ligasida g'olib chiqish. PSJ bilan bu sovringa egalik qilish, jamoamni ilk marta Evropa klublarining shohsupasiga chiqishini taminlash - bu holatni hech narsa bilan almashib bo'lmasa kerak.
“Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi ajoyib yutuq. Bu sovrinlarni kelgusi yoki undan keyingi mavsumdayoq qo'lga kiritish shart, deb o'ylamayman.
Men uchun PSJ va terma jamoa hammasidan muhimroq. Bu jamoalarda to'p tepganimda qandaydir individual sovrinlarga ega chiqsam, bu men uchun bonus bo'ladi”, deya takidladi Mbappe.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar