Mbappe va boshqalar. "Golden Boy" sovriniga da'vogarlar ro'yxati ma'lum

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2018, 10:43
Italiyaning Tuttosport gazetasi "Golden Boy" sovriniga ega chiqishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Ushbu sovrin har yili Yevropada o'ynayotgan 21 yoshga to'lmagan futbolchilarga taqdim etiladi.

Juda uzun ro'yxatdan quyidagi mashhur futbolchilar o'rin olgan:

Trent-Aleksandr Arnold ("Liverpul"), Karlos Alenya ("Barselona"), Anxel Gomes ("Manchester Yunayted"), Patrik Kutrone ("Milan"), Tom Devis ("Everton"), Mattis De Ligt ("Ayaks"), Diego Dalot ("Manchester Yunayted"), Fil Foden ("Manchester Siti"), Ashraf Xakimi ("Real Madrid"), Jastin Klyuyvert ("Roma"), Kilian Mbappe (PSJ), Kristian Pulishich ("Borussiya D"), Lyuka Zidan ("Real Madrid").

To'liq ro'yxat bilan Tuttosport saytida tanishib olish mumkin: TO'LIQ RO'YXAT 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: tuttosport