Mbappe sobiq jamoasining evrokuboklarga qaytishini istaydi
20 mar 2022 23:05
Yangiliklar


Mbappe sobiq jamoasining evrokuboklarga qaytishini istaydi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 29-turda "Monako"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng raqiblari haqida fikr bildirdi.
"Biz evrokuboklar uchun kurashayotgan kuchli jamoaga yutqazdik. Bugun ular g'alaba qozonishga haqli edilar. Umid qilamanki, "Monako" evrokuboklarga qaytadi", - deydi Mbappe.
"Monako" Franciya chempionatining 29-turidan o'rin olgan bahsda PSJni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Vissam Ben-Yedder dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golga Kevin Folland mualliflik qildi.
SHu tariqa, monegasklar turnir jadvalida ettinchi o'ringa ko'tarilib oldi. PSJ esa 65 ochko bilan birinchi o'rinda qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar