Mbappe shartnomani uzaytirmoqchi emas va mavsum oxirida PSJdan ketadi
23 iyu 2021 09:12
Yangiliklar
Mbappe shartnomani uzaytirmoqchi emas va mavsum oxirida PSJdan ketadi
Kilian Mbappe tatildan PSJ safiga qaytdi.
Marca nashrining xabar qilishicha, futbolchi yangi mavsum yaqinlashayotganidan xursand. Biroq, ushbu mavsum Parijdagi eng so'nggisi bo'lishiga ishonmoqda.
Mbappe klubdan o'zini sotishlarini so'ramaydi, u shartnomasining oxirigacha klub bilan bo'ladi va 2022 yilda jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
U PSJga minnatdorchilik ramzi sifatida 2021/22 yilgi mavsumni yanada muvaffaqiyatli o'tkazishga bel bog'lagan.
O'z navbatida parijliklar futbolchini qo'yib yuborish niyatida emaslar va unga yangi shartnoma taklif qilmoqdalar.
Avvalroq, Mbappega "Real" tomonidan qiziqish borligi malum qilingandi.
Fikrlar