Mbappe PSJ uchun 190-golini urdi
13 noy 2022 17:43
Yangiliklar


Mbappe PSJ uchun 190-golini urdi
Kilian Mbappe PSJda Edinson Kavanining rekordini yangilashi uchun yana 10ta gol urishi kerak.
23 yoshli forvard chempionatning 15-turi doirasida "Oser"ga qarshi uchrashuvning 11-daqiqasida gol urdi. Bu franciyalik futbolchining PSJ tarkibidagi 237-o'yinidagi 190-goli bo'ldi.
Ayni damda Kilian klub to'purarlari ro'yxatida 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam 301 o'yinda 200ta gol urgan Edinson Kavani bo'lib turibdi.
Ushbu mavsumda Mbappe PSJda 20 o'yinda 19 gol va 5 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar