Mbappe PSJ tarixidagi eng yaxshi to'purarlar reytingida 5-o'ringa ko'tarildi
21 noy 2020 08:38
Yangiliklar


Mbappe PSJ tarixidagi eng yaxshi to'purarlar reytingida 5-o'ringa ko'tarildi
Kilian Liga 1 11-turi doirasida “Monako”ga qarshi bahsda (2:3) dublga erishdi.
Bu 21 yoshli Mbappe uchun PSJ safidagi 98 hamda 99-gollar bo'ldi. Natijada Kilian parijliklar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 5-o'ringa ko'tarildi. Mbappedan oldinda Edinson Kavani (200), Zlatan Ibragimovich (109), Pedru Pauleta (109) hamda Dominik Roshto (100) bor.
Hujumchi joriy mavsum Liga 1 doirasida 7 ta o'yinda 9 ta gol urib, 4 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar