Mbappe: "PSJ hali o'z cho'qqisiga chiqqani yo'q, jamoa rivojlanishda davom etmoqda"
17 fev 2021 15:18
Yangiliklar


Mbappe: "PSJ hali o'z cho'qqisiga chiqqani yo'q, jamoa rivojlanishda davom etmoqda"
CHL 1/8 final doirasidagi "Barselona" (4:1)ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etgan PSJ forvardi Kilian Mbappe o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz shunday ruhda davom etishimiz kerak. Maurisio Pochettino ajoyib ish olib bordi. Endi u o'tgan mavsum bizni finalgacha olib chiqqan Tomas Tuxelning ishini davom ettirmoqda.
Biz jismoniy rejalarda o'sdik. PSJ hali o'z cho'qqisiga chiqqani yo'q. Jamoa rivojlanishda davom etmoqda", - deydi Kilian.
PSJ va "Barselona" o'rtasidagi javob bahs 10-martda Franciyada bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar