Mbappe PSJ bilan shartnomasi haqida gapirdi
23 jan 2021 09:38
Yangiliklar


Mbappe PSJ bilan shartnomasi haqida gapirdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe shartnomasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
“Hozir men bu haqda o'ylayapman va biz klub bilan muzokara olib borayapmiz. Agar shartnomani uzaytirsam, demakki men bu erda uzoq qolaman. Bu er men uchun yaxshi joy. Yaqinda bu borada yakuniy qarorni qabul qilishga to'g'ri keladi”, deya Mbappening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Get French Football News nashri o'zining Tvitterdagi sahifasida.
Mbappe 2017 yildan buyon PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u “Monako”da to'p tepgan. Hujumchi joriy mavsumda Franciya chempionatida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. SHuningdek u ushbu mavsum ECHL bellashuvlarida ham ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etishning uddasidan chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar