Mbappe "Oltin to'p" uchun o'z favoritini aytdi
20 okt 2021 12:04
Yangiliklar
Mbappe "Oltin to'p" uchun o'z favoritini aytdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Leypcig" (3:2)ga qarshi ECHL guruh bosqich 3-turi doirasidagi o'yindan so'ng "Oltin to'p"ga barchadan ko'p "Bavariya" forvardi Robert Levandovski loyiq ekanligini aytdi.
"Kelasi yili "Oltin to'p" uchun men davogarlik qilaman. Bu yili o'yini va muhim rekordlari sabab g'olib Robert Levandovski bo'lishi kerak", - deydi Mbappe.
"Oltin to'p" 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli hech kimga berilmadi, ammo Levandovski UEFA yil o'yinchisi sovrinini qabul qilib oldi.
Fikrlar