So’nggi yangiliklar

19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  3 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  0 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  1 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  0 17:53"Атлетико" Қозоғистондаги академия қароргоҳи лойиҳасини тақдим этди  2 17:35"Қизилқум"ни энди ким бошқаради?  4 17:31Қайғули хабар: "Брешиа" клуби банкрот деб эълон қилинди  4 17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  13 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  11 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  9 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  5 16:05Роналду "Ал Насср"да қолишини тасдиқлади  7 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   12 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  11

Mbappe Neymar va Messiga umuman assistentlik qilmayapti. Leo va Neymarda esa top-bog'lam: bir-biriga va Kilianga pas beradi Yangiliklar

Mbappe Neymar va Messiga umuman assistentlik qilmayapti. Leo va Neymarda esa top-bog'lam: bir-biriga va Kilianga pas beradi

Hozircha MSN emas.

Ushbu mavsum PSJning yulduzli triosi atrofida katta shov-shuv bo'ldi — ularning barchasi Mbappe bilan bog'liq: bazida penalti sabab Neymar bilan tortishadi, bazida unga emas, Messiga pas berishganda shunchaki o'ynashni to'xtatadi.


Yana bir yorqin dalil: Mbappe hujumdagi sheriklariga shunchaki assistlar qilmaydi. Messi va Neymar Kilian uchun barcha musobaqalarda 8ta golni tashkillashtirishgan (yana 5ta bir-biriga), ammo tizimning teskari tarafga ishlamayapti.



Hozircha muammoni echishning uddasidan chiqilgani yo'q — buni Kristof Galtening harakatlari yaqqol ko'rsatadi. Uning 9 sentyabrdagi intervyusidan so'zlar: "Ney va Kilian bir-birini juda yaxshi tushunadi. Men javobdan qochmayman. Ular birgalikda mashg'ulotlar olib borishadi, tez-tez birgalikda qiziq mashqlarini qilishadi ham. Ishonamanki, Kilian Neymarga ko'proq hal qiluvchi paslar beradi — Ney ham Mbappe uchun shunday qilishga qodir bo'lganidek.


13 sentyabrda esa Goal'dan insayd chiqdi — Neymar va Mbappe o'rtasidagi mojaro hal etilmadi. Galte shunchaki ulardan buni ommaviy tarzda ko'rsatmaslikni so'radi. Braziliyalikni haligacha Kilianning o'zini o'ylashi yoqmayapti. "Yuventus" bilan o'yindagi holatdan so'ng bunday bo'lgani hayratlanarli emas.


Mbappe jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va darvozaning o'tkir burchagi tomon zarba berdi, garchi qanotdan Neymar yorib kirib bo'lgan bo'lsa ham. Kilian esa hatto aniq zarba ham bera olmadi.



Neyning reakciyasi tushunarli.



SHunisi malumki, hozircha PSJda Mbappedan hech kim assist qabul qilib olmadi — Liga 1dagi 7ta o'yin va ikkita CHempionlar Ligasi bahsida. SHu bilan birga, Messi va Neymar chempionatda 7tadan assist qayd etishdi (top-5 ligalaridagi eng yaxshi ko'rsatkich) va bittadan CHLda (Ney — "Yuve"ga qarshi, Messi esa "Makkabi"ga qarshi o'yinda).


Barchasini yangi shartnoma "buzib yuborgandek" — sababi Mbappe o'tgan mavsum hujumda sheriklari bilan faol "muloqot" qilgan. Har ikki mavsumdagi statistika juda yaxshi (joriy mavsum Kilian hali assist qayd etmadi): francuz Messi va Neymarga ular bir-biriga berganidan ko'proq pas bergan.



PSJning hujumkor chizig'i tez-tez yangi MSN deyiladi, ammo Messi — Suares — Neymar bog'lamida hech kim qizg'anchiq emasdi.



Assistlar soni bo'yicha ham MMN oqsamoqda.



Garchi joriy mavsumni uchlikning barchasi yaxshi boshlagan bo'lsa ham.



MMNda statistikani tenglashtirish va "Barselona"dagi aloqaga etish uchun yozgacha vaqt bor (Messining PSJ bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi). Ammo, buning uchun Mbappe ham pas berishi kerak.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика