PSJ hujumchisi Kilian Mbappe tarkibni kuchaytirish uchun yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolash kerakligini rahbariyatdan so'ragani haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
"Men hech qachon na prezidentdan, na Leonardodan futbolchilar sotib olishni so'ramaganman. Men shunchaki futbolchiman. Men o'z vazifamni bajaraman - maydonga tushaman.
Klubdan birorta futbolchi sotib olishni so'ramaganman", - deydi forvard.