Mbappe: "Makron va Sarkozi menga PSJda qolishni maslahat berishdi"
24 may 2022 10:40
Yangiliklar
Mbappe: "Makron va Sarkozi menga PSJda qolishni maslahat berishdi"
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Franciyaning hozirgi va sobiq prezidentlari bilan nimalarni muhokama qilganini aytdi.
"Emmanuel Makron va Nikolya Sarkozi menga PSJda qolishni maslahat berishdi. Bu yaxshi maslahat edi. Makron - men futbol haqida gaplashgan kam sonli insonlardan biri. Biz ko'p marta gaplashdik. U qolishimni xohladi va bu muzokaralarning bir qismi edi. Bundan ko'rinib turibdiki, futbol o'zgarib, endilikda jamiyat hayotida muhim o'rin egalladi", - deydi Mbappe.
Mbappe 2021/22 yilgi mavsum parijliklar tarkibida barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol va 26ta assist qayd etdi.
Hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar