Mbappe Lionel Messini sog'ingan

Omonjon To`xtamirzayev
4 yanv 2024, 18:05
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hozirda "Inter Mayami" sharafini himoya qilayotgan Lionel Messi bilan bir jamoada to'p tepish haqida gapirdi.

Francuz va argentinalik "Pari Sen-Jermen" safida birga to'p tepgan.

"Men hali ham Messi bilan bir jamoada to'p tepishni sog'inaman. Siz u bilan hujumga borarkansiz, o'zingiz tomon uzatma bo'lishiga, to'pni egallab olishingizga ishonch bilan harakat qilasiz. Bu esa, men kabi bo'sh hududlardan foydalanishni xush ko'radigan futbolchi uchun ajoyib holat. Bu shunday imtiyozki, uni sizga faqatgina u bera oladi. Messi bilan birga o'ynash o'zgacha zavq bag'ishlardi".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com