Mbappe "Leyptsig" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

2 noya 2020, 21:50
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Nant"ga qarshi o'yin(3:0) davomida jarohatga yo'liqdi. U uchrashuvning 76-daqiqasida almashtirildi.

O'yindan keyin parijliklar ustozi Tomas Tuxel hujumchining mushaklari toliqqanini aytdi, ammo Mbappe keyingi kungi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.

PSJ chorshanba kuni Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turida "Leyptsig" bilan o'ynaydi. Agar Mbappe mazkur o'yinda ishtirok etolmasa, francuz jamoasi uchun muammolar ko'payadi. Chunki Neymar va Mauro Ikardi ham ayni paytda lazaretda bo'lib turibdi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida 6 uchrashuv o'tkazgan 21 yoshli Mbappe 7 gol va 4 ta assist amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport24