Mbappe ketma-ket ikkinchi o'yinda simulyaciya ishlatdi
23 mar 2019 20:46
Yangiliklar


Mbappe ketma-ket ikkinchi o'yinda simulyaciya ishlatdi
Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Evro-2020 saralashi doirasida Moldovaga qarshi bahs (4:1)da simulyaciya uchun sariq kartochka oldi.
20 yoshli forvard raqib darvozaboni Aleksey Koshelev bilan birga-bir chiqdi va penalti ishlash maqsadida yiqildi. Bosh hakam Aleksandar Stavrev esa Kilianni "delfinlik" uchun ogohlantirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni keskin tanqid qila boshlashdi. U Liga1 doirasida "Marsel"ga qarshi bellashuv (3:1)da ham ochiqchasiga simulyaciya ishlatgan edi. Xatto, francuzni jamoadoshi Neymarga tenglashtirishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar