Mbappe jarohat oldi, u Turkiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
03 iyu 2019 01:15
Yangiliklar
Mbappe jarohat oldi, u Turkiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
Ayni daqiqalarda Franciya hamda Boliviya o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tkazilmoqda.
Uchrashuvning birinchi bo'lim so'nggi daqiqalarida Kilian Mbappe tovon qismini jarohatlab oldi. SHu sababdan tanaffusdan so'ng uning o'rniga maydonga Sevilya forvardi Vissam Ben Yedder tushdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur o'yindan keyin Dide Desham shogirdlari Evro-2020ning saralash bahslari doirasida Turkiya (8 iyun) hamda Andorraga (11 iyun) qarshi o'ynaydi.
Fikrlar