Mbappe: "Hammasidan bezor bo'ldim"
22 mar 2022 21:15
Yangiliklar
Mbappe: "Hammasidan bezor bo'ldim"
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klubda sodir bo'layotgan voqealardan noroziligini bildirdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi buni Franciya terma jamoasi joylashgan joyda o'tkazayotgan mashg'ulot vaqtida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaga aytgan. Mbappe Pogbaning qulog'iga "hammasidan bezor bo'ldim", degan.
Eslatib o'tamiz, PSJ 1/8 final bosqichida "Real"ga yutqazib, CHempionlar Ligasidan chiqib ketdi. Parij klubi Franciya chempionatida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda, ammo so'nggi o'yinda “Monako”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Oldinroq 23 yoshli Mbappe yozgi transfer oynasida tekinga "Real"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar