Mbappe Fransiya termasiga qaytmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
13 mar 2025, 19:59
"Real" forvardi Mbappe uzoq tanaffusdan keiyn Fransiya terma jamoasiga qaytdi.

Eslatib o'tamiz, kuzda Kilian Mbappe Fransiyaning ketma-ket ikkita yig'inini o'tkazib yuborgandi. Mart oyida Desham boshchiligidagi jamoa Xorvatiyaga qarshi Millatlar Ligasi 1/4 finali doirasida ikkita o'yin o'tkazadi.

20 va 23 mart sanalariga belgilangan uchrashuvlar uchun Fransiya terma jamoasiga quyidagi futbolchilar chaqirildi:

Darvozabonlar: Lyuka Shevale ("Lill"), Mayk Menyan ("Milan"), Bris Samba ("Lans").

Himoyachilar: Jonatan Kloss ("Nicca"), Lyuka Din ("Aston Villa"), Teo Ernandes ("Milan"), Ibraima Konate ("Liverpul"), Jyul Kunde ("Barselona"), Benjamen Pavar ("Inter"), Vilyam Saliba ("Arsenal"), Dayo Upamekano ("Bavariya").

Yarim himoyachilar: Eduardo Kamavinga ("Real"), Matteo Genduzi ("Lacio"), Kuadio Kone ("Roma"), Adrien Rabo ("Marsel"), Orelen Tchuameni ("Real"), Uorren Zair-Emeri (PSJ).

Hujumchilar: Bredli Barkolya (PSJ), Usman Dembele (PSJ), Dezire Due (PSJ), Randal Kolo-Muani ("Yuventus"), Kilian Mbappe ("Real"), Maykl Olise ("Bavariya"), Markus Tyuram ("Inter").

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif