Mbappe: "Bu yil "Oltin to'p"ga loyiq emasman"

Alisher
26 noya 2019, 16:20
PSJ forvardi Kilian Mbappe joriy mavsum "Oltin to'p"ga munosib emasligini aytdi.

"Bu yil "Oltin to'p"ga munosib emasman. Ko'proq ish qilgan va bu mukofotga loyiqlar ko'p.

Men PSJ bilan ichki musobaqalardagi hamma sovrinlarni yuta olmadim. YCHLda esa muxlislarimizning ko'nglini qoldirdik.

Men ushbu mavsumda individual mukofotlarni yuta olmadim, ammo futbol jamoaviy o'yin. Shoshilmayman, hali vaqt bor", - deydi Mbappe.

"Oltin to'p" mukofotini topshirish marosimi 2 dekabrda Parijda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal