Maykl Ouen "CHelsi" - "Liverpul" uchrashuviga taxmin bildirdi
20 sen 2020 13:17
Yangiliklar


Maykl Ouen "CHelsi" - "Liverpul" uchrashuviga taxmin bildirdi
Bugun APLning 2-turi doirasida "CHelsi" o'z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi.
Ekspert Maykl Ouen ushbu uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"CHelsi" mavsumni g'alaba bilan boshladi. O'sha ko'rsatilgan o'yindan Frenk Lempard mamnun bo'lishi kerak. Timo Verner doimiy ravishda "Brayton" darvozasiga xavf solib turdi, u APLga tezda ko'nikib ketadi.
"Liverpul" esa "Lids"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. Klopp o'yindan keyin barchasi joyida ekanligini aytdi, biroq u himoya borasida ko'proq ishlashi kerakligi ko'rinib qoldi. O'sha kuni "Lids" osonlik bilan himoyachilardan o'tib ketdi.
Ushbu o'yin gollarsiz o'tmaydi. Juda ajoyib va hujumkor o'yin bo'lishini kutyapman. Menimcha hisob 2:2 bo'ladi", - dedi Ouen.
Uchrashuv bugun 20:30da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar