Maykl Kerrik PSJga yo'q dedi
02 avg 2015 16:55
Yangiliklar


Maykl Kerrik PSJga yo'q dedi
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Maykl Kerrik PSJga o'tishga rozi bo'lmadi.
Parijliklar bosh murabbiyi Loran Blan Kerrikning muxlisi hisoblanadi. Old Traffordda Bastian SHvaynshtayger va Morgan SHnayderlen kelganidan so'ng tajribali futbolchi klubdan ketishni istab qolishiga umid qilgandi.
ESPN nashri xabariga ko'ra, PSJ 34 yoshli futbolchi bilan aloqaga chiqqan, biroq u Parijga o'tishga rozi bo'lmadi.
2015/16 yilgi mavsum Kerrik uchun Yunayteddagi 10-mavsumga aylanadi. Maykl 2006 yil Tottenxemdan qizil iblislar safiga ko'chib o'tganidan buyon o'ynab kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar