Mayk Din APL tarixiga kirdi
03 apr 2019 07:29
Yangiliklar
Mayk Din APL tarixiga kirdi
Kecha APLning 33-turidan o'rin olgan “Vulverxempton”-“Manchester Yunayted” uchrashuvida hakam Mayk Din “qizillar” himoyachisi Eshli Yangni maydondan chetlatdi (1:2).
O'yinning 52 va 57-daqiqalarida Yang ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Natijada 50 yoshli Mayk Din APL tarixida 100 ta qizil kartochka ko'rsatgan birinchi hakam bo'ldi. U 18 yil oldin Angliya chempionatida faoliyatidagi ilk qizil kartochkani ko'rsatgandi. Din 2001 yil 14 aprelida bo'lib o'tgan “Nyukasl”—“Ipsvich” uchrashuvida (0:1) Nolberto Solanoni maydondan chetlatgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar