So’nggi yangiliklar

13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  0 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  4 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  3 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  5 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  7 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37

Maydonga chiqqanda daraja va reyting unut bo'ladi Yangiliklar

Maydonga chiqqanda daraja va reyting unut bo'ladi

O'zbekiston milliy terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Ganani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

O'yin chinakam o'rtoqlik maqomida bo'ldi. Masalan, har ikki jamoaning bitta samolyotda Namanganga borishi bunga yaqqol misol. Menga ko'proq o'yindan keyin "islandcha qarsak" ka ganalik futbolchilarning ham turib bergani maqul keldi. Aytaylik, boshqa jamoa bo'lganida mag'lubiyatga uchragani bois darhol kiyim almashtirish xonasiga yo'l olishi ham mumkin edi. 

Anchadan beri to'liq tarkib yig'ilganini ko'rmagandik. Legionerlar ham keldi, tarkib optimal ko'rinishda bo'ldi. Biz maydonda kutgan Eldor SHomurodov, Oston O'runov, Otabek SHukurov kabi futbolchilar minglab muxlislar qarshisida maza qilib to'p tepishdi. 

O'yinda hayajon, shu bilan birga bosim ham yuqori bo'ldi. Bo'sh joy qolmagan tribunalar qarshisida o'ynar ekansan, xayoling faqat g'alabada bo'ladi. Bundan boshqasini ko'z ko'rmaydi. Bu o'rinda futbolchilarimiz raqibning darajasi va qaysi tarkib bilan kelganiga umuman etibor bermasliklari kerak edi va shunday bo'ldi ham. Zero, milliy terma jamoa yig'ilib kimga qarshi o'ynamasin, doim muxlislar diqqat-markazida bo'ladi. 

O'yindagi tezkor gol futbolchilarimiz ruhiyatini balandlatib yubordi. 4-daqiqadayoq Otabek SHukurovning kuchli zarbasi bilan hisob ochilishi jamoamizga qo'shimcha kuch berdi. Futbolchilar ketma-ket gollar urishni shunchalik xohlashdiki, keyingi daqiqalarda omad yuz o'giraverdi. O'zi ko'p o'yinlarda shunday bo'lib turadi: ko'p gol urishni istagan jamoaning biroz omadi kelmay qoladi. Bunday vaziyatlarda sovuqqonlik etishmaydi. 

Muhimi esa yakunda baribir g'alaba qozonganimiz. Stadionni to'ldirib turgan muxlislar uyga xushkayfiyatda ketishdi. O'yindan oldin Gana tarkibi ko'p muhokamalarga sabab bo'ldi. Ularda B tarkib bo'ladimi yoki V tarkibmi, muhimi bu emas. Muhimi, ularning Gana terma jamoasi sifatida O'zbekistonga kelgani. Futbolchilarimiz maydonga chiqach, raqibning darajasi va reytingini unutib, bor etiborni futbol o'ynash va g'alaba qozonishga qaratishdi. Agar raqibni mensimaslik holati kuzatilganida, bu narsa bizga qimmatga tushishi mumkin edi. 

Endi oradan uch kun o'tib Iroqqa qarshi bahsni o'tkazamiz. Aytish mumkinki, bu birmuncha qiyin bellashuv bo'ladi. Zero Iroqning hozirgi tarkibi ham jahon chempionatiga chiqishga harakat qilmoqda. Ular ham eng kuchli futbolchilarini maydonga tushiradi. 

Gana bilan o'yin FIFA reytingiga tasir qilmaydi. Lekin Iroqqa qarshi bahsdagi natija tasir qilsa kerak. SHu bois keyingi o'yindagi g'alaba ikki karra kuch bag'ishlashi aniq. Eng asosiysi mazkur ikkita uchrashuvdan murabbiylarimiz qanday xulosa chiqarishi. CHunki hammasi iyun oyida Saudiya Arabistonida bo'ladigan JCH-2022 saralash bosqichining qolgan turlari yo'lida qilinayotganini unutmaylik. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика