Maxstaliev va uning yana bir jamoadoshi "Rubin"ga o'tdi
03 may 2021 11:55
Yangiliklar
Maxstaliev va uning yana bir jamoadoshi "Rubin"ga o'tdi
Birinchi liga ishtirokchisi bo'lgan Toshkent viloyatining "Rubin" jamoasi yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga urinmoqda.
Gap shundaki, Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi PRO-Ligadagi ishtirokini to'xtatgach, futbolchilari o'z-o'zidan erkin agentga aylandi. O'zPFL esa futbolchilarga qulaylik yaratish maqsadida garchi transfer oynasi ochilmagan bo'lsada, boshqa jamoa ro'yxatidan o'tishiga ruxsat berdi.
"Rubin" jamoasi rahbariyati bunday imkoniyatdan unumli foydalanib, "Istiqlol"ning sobiq o'yinchilariga aylangan - Ahror O'ktamov bilan Eldor Ergashevni o'z tarkibiga qo'shib olgandi.
Malumotlarga ko'ra, kecha yana Abbos Maxstaliev bilan SHoxruh Boyqo'ziev ham "Rubin" bilan shartnoma imzolagan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Coca Cola Kubogidagi ishtirokini yakunlagan Oxangaronning "Rubin" jamoasi endi asosiy etiborini chempionat o'yinlariga qaratadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar