So’nggi yangiliklar

14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи рол ўйнади"   14 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   1 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1

Mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazgan "Real", "Yuventus" va kuchli beshlik jamoalari FOTO Yangiliklar

Mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazgan "Real", "Yuventus" va kuchli beshlik jamoalari FOTO

Kuchli beshlik chempionatining bu yilgi mavsumida faqatgina bir jamoa mag'lubiyat nimalaligini bilmay kelmoqda.

Kataloniyaning "Barselona" klubi La Ligada "Atletiko"ni 7 ochkoga, "Real"ni esa 14 ochkoga ortda qoldirib turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Kataloniyaliklar bu yilgi musobaqada chempion bo'lishni maqsad qilgan. SHunday bo'lsada, "ko'k-anorranglilar" qolgan 14 uchrashuvni ham mag'lubiyatsiz o'tkaza oladimi?

Quyida mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlagan jamoalar ro'yxatini taqdim etamiz.


"Manchester Yunayted"

1998-1999 yil - 33ta mag'lubiyatsiz o'yin

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubining mag'lubiyatsiz seriyasi naqd besh oyga 1998 yil 26 dekabrdan 1999 yil 26 may sanasiga qadar davom etgan. Ushbu mavsumda "Qizil iblislar" Aleks Fergyuson boshchiligida uchta frontda kurash olib borgan va uchchala musobaqaning bosh sovrinini qo'lga kiritgan. O'shanda "qizil iblislar"ning tarkibida Peter SHmeyxel, Roy Kin, Devid Bekxem, Rayan Giggz va Pol Skoulz kabi yulduz futbolchilar to'p tepishgan.

1999 yilgi CHempionlar ligasi musobaqasining "Bavariya" jamoasiga qarshi dramatik tarzda o'tgan final bahsi ko'lab futbol muxlislarining yodidan chiqmagan bo'lsa ajabmas. O'shanda "qizil iblislar" uchrashuvning so'ngida 3 daqiqa ichida "Bavariya" darvozasini ikki bor ishg'lol qilgan va germaniyaliklardan g'alabani tortib olgan. Ushbu mavsumdan so'ng, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Aleks Fergyuson rycarlik unvonini olgan.




"Barselona"

2015-2016 yil - 39ta mag'lubiyatsiz o'yin

Kataloniya klubi 2015/16 yilgi mavsumda Ispaniya chempionati va Ispaniya kubogini qo'lga kiritgan. SHunday bo'lsada, "Barselona" ECHL musobaqasining chorak finalida Madridning "Atletiko" jamoasiga imkoniyatni boy bergan. 39ta uchrashuvda qo'lga kiritilgan g'alabaning barchasida Janubiy amerikalik trio: Lionel Messi, Luis Suares va Neymar o'rtacha hisobda 1ta uchrashuvda 3tadan gol urgan. "Barselona" klubining mag'lubiyatsiz seriyasini ularning azaliy raqibi Madridning "Real" klubi to'xtatishga erishgan. O'sha mavsumning bahor oyida "Kamp Nou"da bo'lib o'tgan "El-Klasiko"da "qaymoqranglilar" "ko'k-anorranglilar"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Ushbu bahsda "Real"ning g'alaba to'pini Krishtianu Ronaldu kiritgan.



"Real Madrid"

2016-2017 yil - 40ta mag'lubiyatsiz o'yin

Yuqorida sanab o'tilgan jamoalarning orasida eng ajoyib mag'lubiyatsiz seriya Madridning "Real" klubiga tegishli. 2016 yilgi mavsumda jamoa ikki marotaba "Volfsburg" va hamshahari "Atletiko" jamoasiga mag'lub bo'lgan. 2016 yili "Real" 3ta unvonni, ECHL, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasida jahon chempionati sovrinini qo'lga kiritgan. Ajablanarlisi, "qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan bunday natijaga murabbiylik faoliyatining birinchi yili erishgan. Ushbu mag'lubiyatsiz seriyaning asosiy qahramonlari Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl va kerakli o'yinlarning so'nggi daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qilib jamoani birnecha-bor mag'lubiyatdan qutqarib qolgan sardor Serxio Ramos bo'lgan. Ammo, "Real"ning 41 o'yinida Ispaniya kubogi doirasida "Sevilya"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan.



"Milan"

1992-1993 yil - 42ta mag'lubiyatsiz o'yin

Italiyaning "Milan" klubi mag'lubiyatsiz seriyasiga 1991-1992 yilgi mavsumda erishgan. O'sha mavsumda "Milan" 42 uchrashuvda mag'lubiyat nimaligini bilmagan. "Milan" bosh murabbiyi Fabio Kapello raqiblarini minimal 1:0 hisobida mag'lub etishni jamoa oldiga vazifa qilib qo'ygan. ECHL musobaqasi final bahsida "Milan" Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga 4ta javobsiz gol urib yanchib tashlagan.



"Yuventus"

2011-2012 yil - 43ta mag'lubiyatsiz o'yin

Italiyaning yana bir grand jamoasi 2011-2012 yilgi mavsumda Turinning "Yuventus" klubi Antonio Konte boshchiligida ajoyib natijalarni qayd etgan. "Yuventus"ning mag'lubiyatsiz seriyasini qayd etishiga evrokuboklarda ishtirok etmagani sabab bo'lgan, deya fikr bildirishgan "Yuventus" raqiblari. Ammo, statistika o'zgarmaydi, turinliklar ketma-ket 43ta bahsda mag'lub bo'lmagan. Konte jamoaning ajoyib himoya qo'rg'onini tashkil qilgan, hujumda esa Andrea Pirlo "dirijyorlik" vazifasini bajarib bergan va Italiyada yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. 2011-2012 yilgi mavsumda "keksa sinora" 9 yildan so'ng Italiya chempioni bo'lgan. Jamoaning goleadorlari Klaudio Markizio, Mirko Vuchinich va Alessandro Matri bo'lgan. "Napoli" italiya kubogi finalida "Yuventus"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.



"Arsenal"

2003-2004 yil - 49ta mag'lubiyatsiz o'yin

Mag'lubiyatsiz seriyaning eng ajoyib ko'rsatgichi APL chempionatida sodir bo'lgan. Ushbu mag'lubiyatsiz seriya 2003 yil may oyidan 2004 yil oktyabr oyiga qadar davom etgan. Bunday natijani Londonning "Arsenal"  klubi qayd etgan. "Arsenal" Premer-ligining 2003-2004 yilgi mavsumida umuman mag'lub bo'lmagan yagona jamoa sifatida tarix zarvaraqlaridan joy olgan. "Kanonirlar"ning yulduz futbolchisi Terri Anri yaqqol ajralib turgan. Franciyalik futbolchi mavsumdagi barcha musobaqalarda raqiblar darvozasini 39 marotaba ishg'ol qilgan. Ushbu mag'lubiyatsiz seriya 2004 yili oktyabrda "Old Trafford"da kuniga etgan. "Manchester Yunayted" ushbu bahsda "Arsenal"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan va "to'pchilar"ni to'xtatishga erishgan.



Jahongir Sotvoldiev tayyorladi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика