Mavsum davom etmasa, APL grandlari qancha zarar ko'rishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
7 apr 2020, 19:35
Buni Daily Mail hisoblab chiqdi.

Britaniya nashri mavsum bekor qilingan taqdirda Premer-liga klublarining televizion huquqlar, reklama va o'tkaziladigan o'yinlardan olinadigan daromadini o'rganib, taxminiy ko'riladigan zarar miqdorini keltirdi.

Demak, bunday davrda eng katta mablag'ni “Manchester Yunayted” (116,4 million funt) yo'qotadi. Keyingi o'rinda “Man Siti” (109,3 mln funt). Uchinchi pog'onada esa “Liverpul” (102,6 mln) ko'rsatilgan.

1. "Manchester Yunayted" – 116,4 mln (televizion huquqlar – 48 mln, o'tkaziladigan o'yinlar – 17,6 mln, reklama – 50,8 mln)

2. "Manchester Siti" – 109,3 mln (53,5 mln; 13,9 mln; 41,7 mln)

3. "Liverpul" – 102,6 mln (55,2 mln, 13,6 mln; 33,8 mln)

4. "Chelsi" – 91 mln (49,3 mln; 10,9 mln; 30,9 mln)

5. "Tottenxem" – 83 mln (41,9 mln; 16,8 mln; 24,3 mln)

6. "Arsenal" – 74,8 mln (40 mln; 15,4 mln; 19,4 mln).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail