Mauro Ikardi: "Raqib jarima maydoni - bu mening uyim"
30 mar 2018 11:13
Yangiliklar
Mauro Ikardi: "Raqib jarima maydoni - bu mening uyim"
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi raqib jarima maydonchasida o'zini qulay his qilishini aytib o'tdi.
"Raqib jarima maydoni - bu mening uyim. O'sha joyda o'zimni eng qulay his qilaman. Men hujumchiman va gollar urishim shart.
Penalti? Bu katta javobgarlik, chunki butun jamoaning muvaffaqiyati mening golimga bog'liq. Men darvozabonga qaragan paytda bosim ostida bo'lishga ko'nikdim... O'sha vaziyatda ko'z o'ngingizdan ko'p narsalar o'tadi. Menga atrofda ro'y berayotgan narsalar tasir ko'rsatmaydi, bu yaxshi. Bu juda ham yordam beradi. Siz darvozabonlarni o'rganasiz, men odatda oxirgi lahzagacha kutaman", - deya Ikardining so'zlarini keltirdi klub matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar