So’nggi yangiliklar

02:58ЛаЛига. Антони "Бетис"даги дебютидаёқ энг яхши футболчи бўлди  1 02:40А Серия. "Рома" 90+2-дақиқадаги гол эвазига "Наполи" билан муроса кўчасини танлади, Шомуродов 80 дақиқа ўйнади  33 00:33Пеп Гвардиола йирик мағлубиятдан сўнг: "Ҳимояда яхши ҳаракат қилдик"  9 00:05А Серия. "Интер" "Милан"га қарши ўйиннинг охирги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  12 23:46"Рома" – "Наполи". Шомуродов асосий таркибда!  37 23:22АПЛ. "Арсенал" ўз майдонида "Манчестер Сити"га 5та гол урди, Абдуқодир Ҳусанов майдонга тушмади  230 22:49МЮ бош мураббийи Мартинеснинг жароҳати жиддий эканини тасдиқлади  1 22:22Гавининг ҳолати бўйича маълумот берилди  2 21:50"Орзулар театри"? МЮ "Олд Траффорд"даги охирги олтита ўйиннинг бештасида мағлуб бўлди  17 20:58АПЛ. "Ман Юнайтед" бу сафар ўз уйида "Кристал Пэлас"га ютқазди. Лисандро Мартинес жароҳат олди  14 20:48Туркия. "Фенербахче" – "Ризеспор": Алиқулов сариқ карточкалари йиғилиб қолгани сабаб бу ўйинни ўтказиб юборади  0 20:16АПЛ. "Арсенал" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов захирада  69 19:58Ла Лига. "Барселона" ўз уйида минимал ҳисобда "Алавес"ни таслим этди  63 19:33Гави жароҳат олди  5 18:55«Ал Насср» яна бир ТОП футболчи учун 100 миллион евро таклиф қилди  16

Mauricio Sarrining "Lacio"si qanday bo'ladi? Yangiliklar

Mauricio Sarrining "Lacio"si qanday bo'ladi?

Ko'plab top klublar bosh murabbiylari alishmoqda, lekin eng jiddiy transformaciya "Lacio"da bo'layotgandek.

Bevosita Italiyada ham yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishi taxmin qilanayotgan jamoalar bosh murabbiylari o'zgardi. Yangi mavsumda o'sha murabbiylar va ular tayyorlagan jamoalar qanday o'yin/natija ko'rsatishi qiziq albatta. Lekin ular orasida eng qiziqlaridan biri Rimning "Lacio"si va Sarri bo'lishi aniq. Mauricioni qiyin yo'l kutib turibdi, mutaxassis eng kamida 3-5-2"ni 4-3-3"ga o'zgartirishi kerak.  


Har bir poziciya bo'yicha bugungi holatni ko'rib, tahlil qilib ko'rsak.

▪️ Reyna – asosiy posbon, Strakosha, chamasi, qolmoqda va zaxirada o'tirishga rozi.

▪️ Manuel Ladzari ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar "yurgandi" – u fulbek rolida harakat qilishga o'rganib qolgan. Biroq hozirda Ladzari ham, Marushich ham o'ng qanot himoyasida o'ynatilmoqda va chempionat boshlangach, kim asosiy bo'lishi hozircha nomalum.

▪️ Himoya markazida Acherbi bilan elkama-elka Luis Felipe o'ynaydigan ko'rinadi. SHuningdek, bu poziciyaga Radu, Patrik va Vavro nomzodlari bor, lekin ushbu har uchala futbolchi jamoada qolishi ham hozircha aniq emas.

▪️ CHap qanot himoyasida jamoaning yangi futbolchisi – Elseid Xyusay asosiy tarkib azosi bo'ladi. Unga Fares o'rinbosar sifatida qaralayotgan bo'lsa, "CHukarichki"dan kelgan 20 yoshli Dimitriye Kamenovich chap qanot va markazga tushirilishi mumkin.

▪️ Yarim himoyani Sarrining "Napoli"si bilan solishtirish osonroq. Lukas Leyva (Eskalante – zaxira varianti) – bu Jorjino, Milinkovich-Savich (Akpa Akpro) – bu Neapoldagi Allan, Luis Alberto (Kataldi) – Xamshik. Ispaniyalik futbolchi yig'inlarga kech qolganida ko'pchilik uning jamoani tark etishi hal bo'lgan masala degandi, lekin Alberto, vaziyatga chetdan baho beradigan bo'lsak, Sarri tizimining muhim detaliga aylanadi. To'rtta o'rtoqlik o'yinida u 7 ta gol urdi.

▪️ Leyva adresiga ko'plab iliq fikrlar yangramoqda, ammo "Lacio" uning poziciyasiga boshqa variantlarni ko'rib chiqishda davom etmoqda – ulardan biri 23 yoshli "Bordo"ning xorvatiyalik futbolchisi Tom Bashich.

▪️ Hujumning o'ng qanotida– jamoaga qaytgan Felipe Anderson. O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi asosiy tarkibda bor yo'g'i 5 ta o'yinda maydonga tushgan (3 ta "Vest Xem"da va 2 tasi "Portu" tarkibida), biroq Sarri futbolchiga ishonch bildirmoqda hamda Anderson nazorat o'yinlarida pand bermayapti. Alternativ variant sifatida 16 yoshli Luka Romero ko'rilmoqda. U 2020 yil yozida La Liga tarixidagi eng yosh futbolchiga aylangandi. Argentinalik yigit "Malorka" safida o'tgan mavsum bor yo'g'i 6 marta maydonga tushdi, lekin "Lacio" yig'inlaridagi xabarlar va bevosita Lukaning harakatlariga yuqori baho berayotganlar etarlicha topilmoqda. Muhim tomoni Romero hujumning har ikki qanotini "yopa" oladi.

▪️ CHap qanot hujumchisi – savol ochiq qolmoqda. Umuman olganda Xoakin Korrea qachonlardir vinger bo'lganini yodga olishi mumkin edi, biroq argentinalik uzunquloq gaplarga qaraganda, jamoasini alishtirish niyatida. Faqatgina yoshlar va o'tgan mavsum "Osasuna" asosiy tarkibiga kira olmagan Xoni varianti qolyapti. Katta ehtimol bilan mavsum startiga qadar bu poziciyaga yangi futbolchi xarid qilinsa kerak.

▪️ Markaziy hujumchi Immobile dam olayotgan bir pallada, Vedat Muriki va Kaysedo gol urmoqda – o'rtoqlik o'yinlarida 4 tadan gol bor ularning hisobida. Mashg'ulotlardagi gollarni ham qo'shib hisoblasak, Muriki – jamoaning eng yaxshi to'purari. Sarrining hujum chizig'ida deyarli rotaciyaga qo'l urmasligini inobatga oladigan bo'lsak, bu ikki futbolchidan biri o'ziga boshqa jamoa izlagani maqulroqdek. Katta ehtimol bilan bu Kaysedo bo'lishi mumkin.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика