Mauricio Sarri: Biz “Napoli” libosini kiyib yurgan ekanmiz, buni hurmat qilish lozim
16 fev 2018 09:50
Yangiliklar


Mauricio Sarri: Biz “Napoli” libosini kiyib yurgan ekanmiz, buni hurmat qilish lozim
Evropa ligasida “”Leypcig”dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng “Napoli” bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
Biz umidsizlikka tushib qolgandik. Bizda maydonga tushayotgan klub va uning tarixiga bo'lgan to'g'ri munosabat bo'lmadi. Mentalitet to'g'ri bo'lishi lozim. Kecha men ishdan chiqib qolgan jamoani ko'rdim. Jamoada hech qanday ishtiyoq ham ehtiros ham yo'q edi. Bu juda yomon alomat. Biz “Napoli” libosini kiyib yurgan ekanmiz, buni hurmat qilish lozim. “Leypcig”ga qarshi o'yin biz hali ham g'o'r jamoa ekanligimizni ko'rsatdi, — deydi Sarri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar