Maunt martgacha maydonga qaytmaydi. MYU xavbeki "Siti" bilan o'yinda jarohat olgandi
24 dek 16:09
Yangiliklar
Maunt martgacha maydonga qaytmaydi. MYU xavbeki "Siti" bilan o'yinda jarohat olgandi
Meyson Maunt jarohat sabab yana uzoq muddatga safdan chiqdi.
"Manchester Yunayted" xavbeki "Manchester Siti"ga qarshi (2:1) derbida jarohat olgandi. Maunt uchrashuvning 14-daqiqasida alishtirilgandi.
"talkSPORT"ning xabariga ko'ra, klubdagilar 25 yoshli futbolchi bir necha oyga safdan chiqqanidan xavotirda. Bu Maunt uchun joriy mavsumdagi ikkinchi jarohat: avgust – sentyabr oylarida u MYUning uch o'yinini jarohat tufayli o'tkazib yuborgandi.
O'tgan mavsum Maunt jarohatlar sababli "Manchester Yunayted"ning 27 ta o'yinida ishtirok eta olmagan, joriy mavsum esa "CHelsi" sobiq yarim himoyachisi 12 marta maydonga tushdi.
Fikrlar