Matyuidi - Ronaldu haqida: "Gollar o'zidan o'zi keladi"

Mirjalol Normatov
2 sen 2018, 12:27
"Yuventus" yarim himoyachisi Blez Matyuidi jamoadoshi Krishtianu Ronalduning gol ura olmayotgani haqida gapirdi.

"Ronaldu - ajoyib futbolchi, biroq uning omadi kelmayapti. Biroq unda vaqt ko'p. U gol ura olmayotganidan xafa. Biroq gollar o'zidan o'zi keladi. Biroz kutish kerak", - dedi Matyuidi.

Ronaldu A Seriyada hali ham gol ura olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia