Matyuidi: "Muhim pallada Ronaldu ishga kirishadi"

Aslanov Jasurbek
11 sen 2018, 14:05
"Yuventus" yarim himoyachisi Blez Matyuidining fikricha, A Seriyaning birinchi uchta turida gol urmagan forvard Krishtianu Ronaldu muhim pallada jamoaga yordam beradi.

"Ronalduda o'zgacha narsa bor, biz beshta "Oltin to'p" yutgan futbolchi haqida gapiryapmiz. U dunyodagi eng kuchlisi va Krishtianuning jamoamizda o'ynashi bizni baxtli futbolchilarga aylantiradi. U o'z tajribasini bizga baham ko'rmoqda.

Krishtianu ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan, ularning orasida Chempionlar ligasi bor. Muhim pallada u ishga kirishadi, biroq bu safar Ronaldu biz tomonda bo'ladi" - deydi Matyuidi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia