Matteus: "Mbappening tezligi JCH-2018 finalida g'olib nomini aniqlashi mumkin"

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018, 12:56
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lotar Matteus Fransiya va Xorvatiya o'rtasida o'tkaziladigan JCH-2018 final o'yinida qaysi jamoa favorit ekanligini aytdi.

"Fransiya terma jamoasi final favoriti. Ular JCH-2018da eng tashkillashgan o'yinni ko'rsatishmoqda. Fransiya tarkibida o'rta darajadagi futbolchi yo'q.

Kilian Mbappeni alohida ajratib ko'rsatmoqchiman. Uning tezligi final natijasiga ta’sir ko'rsatishi mumkin. Belgiya bilan o'yinda Dide Desham shogirdlari yaxshi o'yin ko'rsata olishmadi. Ulardan ko'prog'ini kutgandim, ammo fransiyaliklarning omadi keldi deyish ham noto'g'ri" - deydi Matteus.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Известия